16:06 / 14.12.2022
1 217

Prezident: Maktablarda ta’lim sifati past, 11 yil o‘qitib bitta xorijiy tilni o‘rtaga olmaydi

Prezident: Maktablarda ta’lim sifati past, 11 yil o‘qitib bitta xorijiy tilni o‘rtaga olmaydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha Toshkent shahri Uchtepa tumaniga tashrif buyurdi va faollar yig‘ilishida ishtirok etdi. Davlat rahbari yig‘ilish davomida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati yuqori emasligiga e’tibor qaratdi.

Afsuski maktablarimizda ta’lim sifati yuqori emas, bolalarimizni 11 yil o‘qitib, bitta til o‘rgata olmaymiz. Bu masalada o‘quv markazlari ilgarilab ketdi, o‘quvchini universitetga tayyorlash uchun ularga bir yil kifoya qiladi. Shu vaqt ichida til ham o‘rgatilib, IELTS ham olinyapti, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari faollar bilan yig‘ilish vaqtida mahalla oqsoqollariga murojaat qildi va ulardan har bir mahalla markazida shunday o‘quv markazlari tashkil etishni so‘radi. Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtga qadar ko‘plab mahallalarda yoshlar uchun sport markazlari ochilgan. Prezident mana shunday markazlarda xorijiy tillarni o‘qitishni ham tashkil etishni taklif qildi.

Men har doim bitta gapni ta’kidlab kelganman, bizni faqat ta’lim qutqara oladi. Najot – ta’limda. Til bilgan odamga ko‘plab eshiklar ochiladi. Bolalarimizning kelajagi uchun biz qayg‘urmasak, kim qayg‘uradi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: Maktablarda ta’lim sifati past, 11 yil o‘qitib bitta xorijiy tilni o‘rtaga olmaydi