19:00 / 14.12.2022
967

Yangiyer shahrida 218 ta oilalar yarashtirildi, 182 nafar fuqarolar esa ...

Yangiyer shahrida 218 ta oilalar yarashtirildi, 182 nafar fuqarolar esa ...
Majburiy ijro byurosining Yangiyer shahar bo‘limi ish yurituvidagi aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan joriy yilning 11 oyi davomida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, oilalarni yarashtirish maqsadida olib borilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlar natijasida 218 ta oilalar yarashib, ijro ishlari yurituvdan tamomlandi. Aliment to‘lovchilar bilan ishlash va ularning bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan yarmarkalarda 182 nafar ishsiz aliment to‘lovchilar ishga joylashtirilib, bandligi ta’minlandi.

Vazirlar Mahkamasining 03.08.2022 yildagi 427-sonli “Aliment to‘lovlari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq aliment undiruvchi yuzasidan jinoyat natijasida yetkazilgan zararlar majburiy ijro byurosining Aliment to‘lovlari jamg‘armasi hisobidan to‘lab berilishi samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘ilb, bo‘lim tomonidan 6 nafar undiruvchiga jami 35,2 mln. so‘m aliment qarzdorligi jamg‘arma hisobidan to‘lab berilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, aliment oluvchi undiruvchilarning bank plastik kartalariga 2,1 mlrd. so‘m aliment to‘lovlari undirilishi ta’minlanib, 300 mln. so‘mdan ortiq aliment to‘lovlari undiruvchilarga naqd pul shaklida tilxat asosida undirilib berilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq 360 mln.dan ortiq aliment to‘lovlari qarzdorlar tomonidan voyaga yetmagan farzandlari uchun oldindan to‘lab berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiyer shahrida 218 ta oilalar yarashtirildi, 182 nafar fuqarolar esa ...