23:03 / 15.12.2022
1 094

O‘zbekistonda arzon ijtimoiy uy-joylar qurish bo‘yicha Turkiya tajribasidan foydalaniladi

O‘zbekistonda arzon ijtimoiy uy-joylar qurish bo‘yicha Turkiya tajribasidan foydalaniladi
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Uy-joy qurilishi sohasida O‘zbekiston—Turkiya hamkorligining istiqbollari ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 14 dekabr kuni Jamshid Xo‘jayev Investitsiyalar va tashqi ishlar vazirligida Turkiya davlat uy-joy boshqarmasi (TOKI) rahbari Omer Bulut bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni Turkiya aholisi uchun arzon ijtimoiy uy-joylar qurish bo‘yicha TOKI faoliyatini yuqori baholadi hamda ilg‘or turk texnologiyalari va tajribasidan foydalangan holda uy-joy qurilishi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi.

O‘z navbatida Omer Bulut O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni alohida ta’kidlab, qo‘shma istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish, texnik va maslahat yordami ko‘rsatish, shu jumladan, keyingi 5 yil uchun «Ijtimoiy uylar yaratish strategiyasi»ni ishlab chiqishga ko‘maklashish doirasida hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Muloqot yakunlari bo‘yicha tomonlar arzon ijtimoiy uy-joylar qurish bo‘yicha Turkiya tajribasidan foydalangan holda kelgusi hamkorlikning tashkiliy jihatlarini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishdi.

Ma’lumot uchun, Turkiya davlat uy-joy boshqarmasi 1984 yilda tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi kam va o‘rta daromadli fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashdan iborat. So‘nggi 20 yil davomida Turkiyada boshqarma tomonidan 1,1 million turar-joy binosi, 1395 maktab, 20 universitet, 997 sport majmuasi, 44 kutubxona qurildi.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyining oxirlarida Turkiya Atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o‘zgarishlari vaziri Murat Kurum bilan uchrashuvda ijtimoiy uy-joy qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Turkiya tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash, shuningdek, aholi salomatligi punktlari va Orol bo‘yi hududida bandlikni oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda arzon ijtimoiy uy-joylar qurish bo‘yicha Turkiya tajribasidan foydalaniladi