
Kecha, 15 dekabr kuni AOKAda Jamoat tartibini saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samarasi, tizimni axborotlashtirish masalalari, mavjud muammolar va ularning yechimiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yilning 10 oyi mobaynida ko‘cha va jamoat joylarida hayot va sog‘liq uchun xafli bo‘lgan buyumlarni olib yurgan jami 56315 nafar shaxslar aniqlanib, ulardan jami 56406 dona hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan buyumlar tortib olingani ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, ko‘cha va jamoatchilik joylarida «sovuq qurol» bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish maqsadida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan buyumlarni olib yurgan jami 56315 nafar shaxslar aniqlanib, ulardan jami 56406 dona (45824 dona pichoq, 800 dona bita, 1122 dona kastet, suruken va kestenilar hamda 8860 dona boshqa) hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan buyumlar tortib olingan.
Shu jumladan, hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan buyumlarni olib yurgan 816 nafar voyaga yetmaganlar aniqlanib, ulardan (jami 823 ta sovuq qurol) 456 dona pichoq, 21 dona bita, 204 dona kastet, suriken va kistenilar hamda 142 dona boshqa hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan buyumlar olib qo‘yilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar