
Videodan kadr
Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2013, 2014 va 2018 yillarda sudlangan shaxs bir kechada 13 ta do‘konga o‘g‘rilikka tushgan.
12 noyabr kuni soat 22:00 lar atrofida u Mingbuloq tumani Jo‘masho‘y shaharchasiga kelib, Bog‘i Eram va Ozodlik ko‘chalaridagi savdo do‘konlarini «tekshiruvdan» o‘tkazgan.
13 noyabr kuni soat 00:31 lar atrofida u qora rangdagi tibbiy niqob kiyib, uyali telefonlar do‘konini talon-toroj qilgan. Shundan so‘ng, ertalabgacha u yana 12 ta do‘konga o‘g‘rilikka tushgan.
«13 ta do‘konda u 130 million so‘mlik tovarlarni o‘zlashtirgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘rilik) «a» bandi bilan ish qo‘zg‘atildi», — dedi Mingbuloq tumani IIB tergov bo‘limi boshlig‘i Elmurod Olimov.
Namangan ViloyatiO‘g‘rilik TashkilotiJinoyat KodeksiSavdo Do‘konlariMingbuloq TumaniTibbiy Niqob O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar