09:35 / 17.12.2022
953

Shavkat Mirziyoyev maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi (foto)

Shavkat Mirziyoyev maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr kuni o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unda mamlakatdagi iqtisodiyot va boshqaruvni isloh qilish doirasida erishilgan natijalar va bu boradagi kelgusi rejalar ko‘rib chiqildi. Davlat rahbari barcha muhim yo‘nalishlardagi yangilanishlarga to‘xtalar ekan, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini ta’minlash, davlat boshqaruvida transformatsiya jarayonlarini, shuningdek, raqamlashtirish va investitsion jozibadorlik borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligini alohida ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Suma Chakrabarti dunyo iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatda O‘zbekiston tomonidan ko‘rilayotgan samarali chora-tadbirlar iqtisodiy islohotlarning dinamikasini ta’minlayotganini ta’kidlab, bu sohadagi birgalikdagi sa’y-harakatlarni yangi bosqichda davom ettirishni qo‘llab-quvvatladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Uchrashuvda kun tartibidagi boshqa muhim yo‘nalishlar ham ko‘rib chiqildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat