Qozog‘istonda «uch g‘ildirakli» avtobusni payqashdi

Qozog‘istonning Chimkent shahrida yashovchi kishi ko‘chalardan birida bitta g‘ildiragi yo‘q holda harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusini videotasvirga oldi, deyiladi "Kun" nashrida.
Qayd etilishicha, bu hodisa «Otdelenie Kirova» tumani hududida ro‘y bergan. Video Instagram tarmog‘iga joylashtirilgan.
Unda ko‘rish mumkinki, transport vositasi oldingi qismidagi chap g‘ildiragisiz harakatlangan. Shina katta bosim tufayli yorilib ketgani taxmin qilingan.
Haydovchi esa zaxira shinasi bo‘lmagani sababli 3 g‘ildirak bilan sekin harakatlanib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing