
Xalqimizning juda dono naqli bor “Qadr topishni istasang, qadrla, hurmat qil va e’zozla...”. Bu tyg‘ular bolaligimizdan ongimizga singdiriladi. Nafaqat insonlarga balki atrof-muhit, o‘simliklar olami, jonzotlarga, uy hayvonlariga nisbatan mehrli bo‘lish, ularni parvarishlash bilan bog‘liq ko‘nikmalar o‘rgatiladi.

Yaqinda Toshkent shahar Yashnabod tumanida joylashgan Zulfiya Yunusova rahbarligidagi maktabda ezgulik, saxovat va muruvvat tuyg‘ularini o‘zida mujassam etgan chiroyli tadbir tashkil etildi. Tadbirga yosh ekolog jurnalistlarimizdan biri Fotima Choriyeva taklif etildi. Tadbir davomida uy hayvonlarini asrash, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida o‘quvchilarga ma’lumot berildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarning ekologiya mavzusiga oid chizgan rasmlari tanlovi ham o‘tkazildi. Bolajonlar ekologiya, atrof - muhit, suv va havoni asrashga doir bilishlari zarur bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Bu ne’matlarni qadrlash har birimizning konstitutsiyaviy burchimiz ekanligini angladilar.

Tadbir davomida shuningdek Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan taqdim etilgan videroliklar namoyish etildi.
Umida XASANOVA
Yashnobod tumani 155-maktabning
“Ijodiy-madaniy masalalar" bo‘yicha targ‘ibotchisi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Yashnobod tumani 155-maktabning
“Ijodiy-madaniy masalalar" bo‘yicha targ‘ibotchisi

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar