08:26 / 20.12.2022
1 175

Toshkent shahar hokimiyati yangi quriladigan uylardan xonadon sotib olishda e’tiborli bo‘lishga chaqirdi

Toshkent shahar hokimiyati yangi quriladigan uylardan xonadon sotib olishda e’tiborli bo‘lishga chaqirdi
Toshkent shahar hokimiyati aholiga murojaat qilib, yangi quriladigan uylardan xonadon sotib olishda e’tiborli bo‘lishga chaqirdi.

«Hozirgi kunda ayrim quruvchi tashkilotlar qurilish loyihasi hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashi tomonidan tasdiqlanmagan va ekspertizadan o‘tmagan ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlarni «qurib berish» shartlarida sotishni taklif etmoqda.

Aksariyat hollarda, bunday xonadonlarni sotib olish uchun shartnoma tuzganlar xonadonni o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish, ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga ulashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Shu jumladan, Toshkent shahar, Taras Shevchenko ko‘chasi, 23-uy manzilida barpo etilishi «rejalashtirilgan» «DAhO ko‘p funksiyali majmuasi» bo‘yicha reklama qilinayotgan 5 ta ko‘p kvartirali uylar loyihasi bo‘yicha hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashi qarori olinmagan va davlat ekspertizasidan o‘tkazilmagan bo‘lsada, quruvchi tashkilot xonadonlar sotuvini joriy yil dekabr oyidan boshlab yuborgan».

Hurmatli fuqarolar! Yangi quriladigan uylardan xonadon sotib olishda «sizga taklif etilayotgan qurilishi rejalashtirilgan uy» qurilish loyihasi hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashida ko‘rib chiqilib, davlat ekspertizasidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi xujjatlar bilan tanishing.

Loyihasi kelishilmagan, davlat qurilish ekspertizasidan o‘tkazilmagan uydan kvartira sotib olib, o‘zingizni uzoq davom etadigan muammolarga duchor qilmang. O‘z vaqtingizni, mablag‘ingizni sarflashda talabchan bo‘ling!
», deyiladi bayonotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar hokimiyati yangi quriladigan uylardan xonadon sotib olishda e’tiborli bo‘lishga chaqirdi