20:50 / 22.12.2022
1 233

77,7 mln. so‘m miqdorida ish haqlari undirildi

77,7 mln. so‘m miqdorida ish haqlari undirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 04.10.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “UZTEXTILE EXPORT” MCHJdan undiruvchi I.Jumaniyazov foydasiga majburiy progul vaqti uchun 77,7 mln. so‘m ish haqi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 11.10.2022 yilda Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Jamiyatga sobiq xodim uchun to‘lanmagan ish haqi miqdorini qoplashi lozimligi ogohlantirilgan. Lekin qarzdor korxona ish haqlarini to‘lamay kelgani sabab Byuroning tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, natijada 22.12.2022 yilda undiruvchi sobiq xodim foydasiga 77,7 mln. so‘m miqdoridagi ish haqi to‘liq undirilib, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat