12:19 / 23.12.2022
1 016

Sobiq xodimga ish haqi va ma’naviy zarar undirib berildi

Sobiq xodimga ish haqi va ma’naviy zarar undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman bo‘lim ish yurituvida FIB G‘uzor tumanlararo sudining 12.11.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor ATB Xalq bankidan undiruvchi sobiq xodim N.Sapiyev foydasiga jami 27.908.534 so‘m oylik ish haqqi hamda 5.000.000 so‘m ma’naviy zarar undirish xaqidagi ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga 23.11.2022 yil kuni kelib tushgan va shu kuni ijro ishlarini qo‘zg‘atish xaqida qaror qabul qilinib, bu xaqida taraflarga tegishli tartibda xabarnoma yuborilgan.

Davlat ijrochisi B.Tursunov tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida MIB Portal elektron dasturi orqali so‘rovnomalar yuborilgan va olingan javoblariga asosan qarzdorning xisob raqamlariga band qo‘yilgan.

Qarzdor tashkilotdan 16.12.2022 yil kuni undiruvchi sobiq xodim foydasiga 27,9 mln. oylik ish xaqi xamda 5 mln. miqdorida ma’naviy zararlar to‘liq undirilib, mazkur ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan ijro hujjati tamomlandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat