
CAVOL:
Jiyanim xususiy tadbirkor. Tovuq fabrika ochgan. U yerda boqayotgan jo‘jalari qirq kunda so‘yishga tayyor bo‘larkan. Shularni so‘yib, do‘konlarga sotish uchun tarqatyapti. Shu jo‘jalarning go‘shtni yeyish mumkinmi?
JAVOB:
Alloh taolo barcha halol hayvonlar-jonzotlarni insonlar uchun yaratgan. Yeyishga yaroqli bo‘lganidan boshlab so‘yib yeyishi mumkin. Odamlar orasida qichqirmay turib yeb bo‘lmaydi, degan tushunchani aytayotgan bo‘lsangiz, bu behuda gap.
Faqat so‘yishda islom shariatiga muvofiq bo‘lishiga ahamiyat bersin. Buning uchun bunday masalani yaxshi biladigan biror ahli ilm bilan maslahat qilsin. Uning tavsiyalariga asosan ish olib borsa, o‘zi ham gunohkor bo‘lmaydi. Aholiga ham halol, pokiza go‘sht yetib borishiga sababchi bo‘ladi. Vallohu a’lam.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi
Jiyanim TadbirkorTovuq FabrikaJo‘ja Go‘shtiHalol HayvonlarIslom ShariatAholiga Go‘sht O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing