date
views 952

Prezident: “Yosh-yosh qizlarimiz 20-25 kilo yukni har kuni ko‘tarishga majbur edi”

Prezident: “Yosh-yosh qizlarimiz 20-25 kilo yukni har kuni ko‘tarishga majbur edi”
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev yangi o‘quv darsliklari taqdimotida o‘qituvchilar bilan bo‘lgan muloqotda paxta majburiy mehnati asoratlari haqida gapirdi.

Prezident o‘qituvchilar bilan uchrashuvda maktab o‘quvchilari va majburiy mehnat mavzusiga ham to‘xtalgan.
«Bu qarorni (maktab o‘quvchilarini majburiy mehnatga jalb etishni taqiqlash) qabul qilish oson bo‘lgani yo‘q.

Bolalarimiz 7-sinfdan chiqardi paxtaga. Tasavvur qiling, yosh-yosh qizlarimiz 20-25 kilo yukni har kuni ko‘tarishga majbur edi. Shu tufayli qancha kasalliklar orttirib olinardi, ba’zi holatlarda uni davolashga ham imkoniyat bo‘lmasdi.

Vaholanki, ularning qanchadan-qancha orzulari bor edi, ular farzand ko‘rishi kerak edi. Endi u kunlarga qaytmaymiz
», – degan u.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: “Yosh-yosh qizlarimiz 20-25 kilo yukni har kuni ko‘tarishga majbur edi”