
Bugun, 31 dekabr kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanining «Gulshanobod» mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning 12-qavati balkon qismida (5 kv.metr joy) yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Voqea joyiga tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari yetib borishgan va yong‘in zudlik bilan bartaraf etilgan.
Hozirda vaziyat tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan ham nazoratga olingan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in kelib chiqish sababi hozirda ma’lum emas.
ToshkentYangihayotGulshanobodYong‘inFavqulodda VaziyatlarTuman Hokimligi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar