15:26 / 01.01.2023
1 408

Namangan viloyatidagi xonadonda er-xotin yonib ketdi

Namangan viloyatidagi xonadonda er-xotin yonib ketdi
Foto: Namangan viloyati FVB matbuot xizmati
Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi xonadonda yuz bergan yong‘inda ikki kishi halok bo‘ldi.

Viloyat FVB matbuot xizmatining xabar qilishicha, yong‘in 2023 yil 1 yanvar kuni soat 5:00 da Kosonsoy tumani «Navbahor» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan. Oqibatda uyning shift qismidan 20 kvadrat metr joyi hamda uy jihozlari yonib zararlangan.

Yong‘in vaqtida xonadon egasining o‘g‘li 1994 yilda tug‘ilgan erkak va uning turmush o‘rtog‘i 1995 yilda tug‘ilgan ayolning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Viloyatning Chust, Namangan va Norin tumanlarida ham 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi yong‘in yuz bergan. Qurbonlar yo‘q.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat