
Qarshi shahar Ravoq mahallasida joylashgan viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasida 2022 yilning 24 dekabr kuni tongda portlash sodir bo‘lgani xabar qilingandi.
Portlashga shifoxonaning ikkinchi qavatidagi xonalardan birida to‘plangan gaz-havo aralashmasi sabab bo‘lgani aytilgandi.
Portlash oqibatida shifoxonada davolanayotgan 2 nafar bemor kuyish tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgandi. Ulardan biri marhum atoqli shoir Abdulla Oripovning singlisi 74 yoshli Oysara Ubaydullayeva ekani ma’lum bo‘ldi.
Oysara Ubaydullayeva 2022 yil 30 dekabr kuni 80 foiz kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi. Bu haqda «Nasafnews»ga marhumaning yaqinlari ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati salomatlikni tiklash shifoxonasida portlashdan oldin marhuma Oysara Ubaydullayeva turmush o‘rtog‘i bilan davolanayotgan bo‘lgan. Hozirda marhumaning turmush o‘rtog‘i Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialida davolanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar