Toshkentdagi uylardan birining pod’yezdiga 10 oylik bola tashlab ketildi


Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birining pod’yezdida taxminan 9–10 oylik bola tashlab ketildi. Bu haqda Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhida ma’lum qilindi, deyiladi "Darakchi" nashrida.
Xabarda aytilishicha, bolani uchastka noziri topib olgan va uni tumandagi 3-sonli shahar bolalar klinik shifoxonasiga olib borgan. Bugun, 18 may kuni, yoki ertaga shifokorlar bolani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, mehribonlik uyiga yuboradi.
Bolani kim va nima sababdan tashlab ketgani noma’lum.
Bolani tanigan yoki uning ota-onasini bilganlardan shifoxona xodimlari bilan quyidagi raqam orqali bog‘lanish so‘raladi: +99871-2473019.































Izohlar 0
…