
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2023 yil 10-18 yanvar kunlari navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi.
Bu vaqt davomida farzandi maktabgacha ta’lim tashkilotiga borayotgan budjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarning ish vaqti ish haqi kamaytirilmagan holda qisqartiriladi.
Maktabgacha Ta'limNavbatdan TashqariTa'til E'lonO'zbekiston RespublikasiOb-havo HaroratiMavsumiy Gripp O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar