14:23 / 06.01.2023
783

Jizzaxdagi manzil-koloniyadan qochgan 2 mahkum Andijon chegara hududida ushlandi

Jizzaxdagi manzil-koloniyadan qochgan 2 mahkum Andijon chegara hududida ushlandi
Foto: Jazoni ijro etish departamenti
Joriy yil 4 yanvar kuni Jizzax viloyati Zafarobod tumanida joylashgan 30-son jazoni ijro etish manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tab kelayotgan mahkumlar qochib ketgani haqida xabar bergan edik.

IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti xabariga ko‘ra, amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida 5 yanvardan 6 yanvarga o‘tar kechasi mahkumlar N.M. va K.A. Andijon viloyati chegara hududlaridan birida jamoatchilik yordamida qo‘lga olinib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Holat yuzasidan tekshiruv tayinlangan bo‘lib, jazoni ijro etish muassasasini ruxsatsiz tark etgan mahkumlarning harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanishi aytiladi.

Jinoyat-ijroiya kodeksining 114-moddasiga ko‘ra jazoni ijro etish muassasasi hisoblangan manzil-koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar koloniya hududi doirasida soqchisiz, erkin yurish, ishlash, ma’muriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz harakatlanish huquqidan foydalanadi.

Belgilangan tartibni buzgan mahkumlar qat’iy nazorat ostiga, ya’ni ilgari jazo muddatini o‘tagan umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalarga qaytariladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat