
CAVOL:
Assalomu alaykum men bir yil oldin namoz o‘qishni o‘rganib namoz o‘qishni boshladim. Yaqinda bir muddat betob bo‘lib ko‘p namozlarim qazo bo‘lib qoldi. Avval namozga muhabbatim kuchli edi. Hozir negadir namozga bo‘lgan mehrim kamayib qoldi. Shayton mening yelkamga shunchalik minib olganmi, deb qo‘rqyapman. Nima qilsam yana namozga muhabbatim kuchayadi? Iltimos, javob bersangiz.
JAVOB:
Va alaykum assalom. Ko‘proq kitob o‘qing, olimlarning suhbatini eshiting, jamoat bilan namoz o‘qing, namozni qoldirmay o‘qiydigan kishilar bilan do‘st bo‘ling. Namoz o‘qishning savobi va namozni tark qilishning gunohi haqida ko‘proq o‘qing. Vallohu a’lam.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi
Namoz O‘qishMuhabbat KuchayishiShayton Ta'siriKitob O‘qishJamoat BilanSavob Va Gunoh O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar