16:00 / 08.01.2023
247

DXX 360 mln so‘mdan ortiq qalbaki pullarni muomalaga chiqarmoqchi bo‘lganlarni ushladi (video)

DXX 360 mln so‘mdan ortiq qalbaki pullarni muomalaga chiqarmoqchi bo‘lganlarni ushladi (video)
Davlat xavfsizlik xizmati qariyb 361 million so‘m miqdoridagi qalbaki pullarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘ydi.

O‘zAning xabar qilishicha, DXX Navoiy viloyati bo‘yicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Cobalt to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Natijada avtomashina yukxonasida 100 ming so‘mlik banknotlardan iborat 221 million 100 ming so‘m miqdoridagi qalbaki pullar borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning jinoiy sheriklari bo‘lgan Navoiy va Buxoro viloyatlarida yashovchi besh nafar shaxs ham qo‘lga olingan hamda ulardan jami 139 million 800 ming so‘m miqdoridagi qalbaki pullar o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida umumiy qiymati 360 million 900 ming so‘m bo‘lgan qalbaki pullarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘yilgan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat