
Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun axborot almashish ilovasi – Sboard platformasi boshqaruvchisi, Janubiy Koreyaning Edulink Global kompaniyasi bosh direktori Xan Chon Rim O‘zbekistonda bog‘cha tarbiyachilari uchun ikkita trening o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Janubiy Koreyada o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan bosh menejer Xan Chong Rim maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatishning yangi va samarali usullaridan o‘qituvchilarga saboq berish uchun taklif etildi.
Birinchi treningda O‘zbekistonning barcha hududlaridan 1000 dan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Trening «Yaxshidan a’loga» shiori ostida o‘tdi. O‘qituvchilar uchun ikkinchi trening ham onlayn va oflayn rejimda tashkil etildi. Uning doirasida topshiriq asosida o‘qitish formati (topshiriqlarga asoslangan o‘qitish), o‘quvchiga yo‘naltirilgan dars usullari va o‘quvchilarni rag‘batlantirishi mumkin bo‘lgan turli topshiriqlarga asoslangan tadbirlar (bolalar motivatsiyasi va boshqalar) bo‘yicha materiallar taqdim etildi.
Xan Chung Rim 2022 yil noyabr oyida mamlakatda bo‘lib o‘tgan Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha YUNЕSKOning Butunjahon konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligiga Animal ABC Friends kitobidan 10 000 nusxa sovg‘a qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar