date
views 268

Farg‘onada yanvar oyini 12 kunida 223 nafar oila tiklandi

Farg‘onada yanvar oyini 12 kunida 223 nafar oila tiklandi
Oila yarashuvi sabab farzandlar ota-onasining bag‘rida shodon yashash baxtiga muyassar bo‘lishadi, bunday xayrli ishlar bolajonlarning quvonchiga sabab bo‘lmoqda.

Oiladagi notinchlik, ajrimlar sabab faqat er-xotin aziyat chekmaydi, bunday hollarda farzandlar ertamiz kelajagi bo‘lgan yoshlar kamoloti ham so‘roq ostida qoladi.

Xususan, Majburiy ijrosi byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan nafaqat aliment qarzlarini undirish, balki ajrashgan oilalarni tiklash, ularni yarashtirish va farzandlarni ota ona bag‘rida voyaga yetishi uchun bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Natijada joriy yil yanvar oyini dastlabki 12 kunida 223 ta oilalar yarashtirildi va oilalarni tiklanishi sababli 263 nafar farzandlar ota ona bag‘riga qaytdi.

Misol uchun, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor J. Mamurovdan undiruvchi S. Mamurova foydasiga aliment undirish bilan bog‘liq ijro xujjatlari qarzdor va undiruvchi yarashtirilganligi sababli ijro hujjati tamomlandi.

Huddi shuningdek, aliment hujjatlari bo‘yicha o‘tkazilayotkan invertizatsiya jarayonida, sudning 01.08.2022 yil kungi ijro hujjatiga asosan qarzdor I.Anvarovdan undiruvchi K.Anvarova foydasiga 1/2 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor va undiruvchi bilan o‘tkazilgan suhbat natijasida, ushbu oila ham yarashtirildi.

Bu kabi tadbirlar hududlarda ham davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada yanvar oyini 12 kunida 223 nafar oila tiklandi