
Majburiy ijro byurosi Yangibozor tumani bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 08.09.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor tibbiyot muassasasidan undiruvchi xodim foydasiga 3 mln. 206 ming so‘m oylik ish haqi hamda 5 mln. so‘m ma’naviy zarar, jami 8 mln. 206 ming so‘m undirish xaqidagi ijro hujjati 17.10.2022 yilda kelib tushgan va shu kuni ijro ishini qo‘zg‘atish xaqida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor muassasadan undiruvchi xodim foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan pullar to‘liq undirilib, ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar