date
views 582

O‘zbekistonning yana bir xususiy aviakompaniyasiga tegishli samolyot Toshkent kelib qo‘ndi

O‘zbekistonning yana bir xususiy aviakompaniyasiga tegishli samolyot Toshkent kelib qo‘ndi
O‘zbekistonning yana bir xususiy aviakompaniyasining ilk ikki samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Toshkent xalqaro aeroportiga 18 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 19:07 va 19:18 da yangi milliy aviakompaniya — Centrum Air'ning ikkita samolyoti kelib qo‘ndi.

Ikkita Airbus A320−232 aviatashuvchining birinchi yo‘lovchi samolyoti bo‘ldi. Yaqin kelajakda aviatashuvchi yana bir yo‘lovchi borti “Boeing 737”ni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, “Centrum Air” o‘zini loukoster sifatida tanishtirgan bo‘lib, arzon ichki va tashqi tashuvlarni amalga oshirish hamda raqobatbardosh sifatga erishishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekistonning “Panorama Airways” xususiy aviakompaniyasi o‘zining ilk tijoriy reysni amalga oshirgan edi. Airbus A320 havo kemasi “Toshkent-Urganch-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 144 nafar yo‘lovchi bilan ilk parvozini amalga oshirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonning yana bir xususiy aviakompaniyasiga tegishli samolyot Toshkent kelib qo‘ndi