
Jizzaxda soxta hujjatlar orqali 1,6 mlrd so‘m mikroqarzni o‘zlashtirgan firibgarlar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ma’lum qilishcha, fuqarolarning murojaatlariga asosan viloyatning Sharof Rashidov tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.A. va boshqalar «J.I.» MCHJda ishlamagan 59 nafar fuqaro nomiga soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali bank muassasasidan jami 1,6 mlrd so‘m mikroqarz olishga erishib, ushbu mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
JizzaxSoxta HujjatlarMikroqarzFiribgarlarBosh ProkuraturaTergov Harakatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar