date
views 208

Lacetti rusumli avtotransport vositasi jarima maydoniga olib kirildi

Lacetti rusumli avtotransport vositasi jarima maydoniga olib kirildi
Majburiy ijro byurosining Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 28.12.2022 yil kungi ijro hujjatiga asosan qarzdor O.Rdan N.R foydasiga da’vo ta’minlash ajrimi belgilangan bo‘lib, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga sud qarorini ijrosini ta’minlash yuzasidan ixtiyoriy muddat berilgan.

Lekin, qarzdor ixtiyoriy muddat ichida sud qarorini ijrosini ta’minlash chorasini ko‘rmaganligi, qonun ustivorligini ta’minlovchi Majburiy ijro byurosi mavjudligini unutganligi bois, byuro tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, qarzdorga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtotransport vositasi jarima maydoniga olib kirildi va xatlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lacetti rusumli avtotransport vositasi jarima maydoniga olib kirildi