18:00 / 20.01.2023
437

Video uchun 30 000 dollar talab qilganlar ushlandi

Video uchun 30 000 dollar talab qilganlar ushlandi
Fuqaroni obro‘sizlantirmoqchi bo‘lgan tovlamachilar qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIVning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.E. va M.B. o‘zaro til biriktirib, boshqa bir fuqaro E.X.ning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan video tasvirlarni oila a’zolari hamda yaqin tanishlariga ko‘rsatish bilan qo‘rqitib, ushbu tasvirlarni tarqatmaslik evaziga 30 000 AQSH dollari talab qilib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat