505
Angren prokurori maktab hududi qordan tozalanmagani haqida tarqalgan videosi bo‘yicha izoh berdi

Angren shahar prokurori, shaharning ikkinchi sektori rahbari Ulug‘bek Xabiljonov maktab hududi qordan tozalanmagani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videosi bo‘yicha izoh berdi.
Prokuror so‘zining avvalida o‘qituvchi va murabbiylarga chuqur hurmat saqlagan holda ulardan uzr so‘radi.
Uning aytishicha, 18 yanvar kuni shahar hududidagi maktablarning o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida shahar to‘rtta sektor rahbari bilan maktablarda o‘rganish olib borildi. 22-son umumta’lim maktabi hududiga kelishganida maktab hududi qorlardan tozalanmagani aniqlangan.
«O‘quv jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishini inobatga olib, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida ma’muriyatga maktabda tozalash ishlariga mas’ul ishchilar ham ishni bajarmaganini bildirib, buni bartaraf qilish lozimligini aytganman.
Aslida men maktab hududini o‘qituvchi murabbiylarimiz emas, balki ushbu ishga mas’ul shaxslar bajarishini tashkillashtirishni so‘raganman», — deydi Ulug‘bek Xabiljonov.
Prokuror ushbu holatdan qattiq afsusdaligini bildirib, barcha o‘qituvchi va murabbiylardan uzr so‘radi.
“Oʻqituvchilar emas, ushbu ishga masʼul shaxslar qorni tozalashini so‘raganman” — Angren prokurori pic.twitter.com/6mzmqQSaE0
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) January 20, 2023
Toshkent viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, Angren shahar prokurori Ulug‘bek Xabiljonovga faoliyatida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklar uchun intizomiy jazo chorasi qo‘llandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar