
Savol: Madrasada yaxshi o‘qimaganman. Qur’on yodlashga kirishdim-u, uni ham maromiga yetkazolmadim. Imom noibi bo‘lib ishladim, lekin odamlar qo‘liga qarab qoldim. So‘ng bu ishni ham tark qildim. Orada uylandim, 2 nafar farzandim bor. Savdo-sotiq yoki shunga o‘xshash dunyoviy ishlar taklif qilinyapti, ammo bir do‘stim: “Agar bunday ishlarga o‘tsang va ilmni qo‘ysang, xor bo‘lasan”, dedi. Nima qilishga hayronman. Dinga xizmat qilay desam, holatim juda-juda achinarli... Dunyoviy ishlarga o‘tay desam, ilm qolib ketadi. Boshim qotib qoldi. Qaysi yo‘lni tanlasam men uchun eng to‘g‘ri ish bo‘ladi?
Javob: Agar hamon ilm bilan mashg‘ul bo‘lsangiz va tirikchiligingiz mashru’ yo‘llar bilan o‘tayotgan bo‘lsa, ta’lim olishda davom eting. Olganda ham Allohdan taqvo qilib, jiddu-jahd bilan ilm oling. Agar tirikchiligingiz tama’girlik yoki boshqa nomashru’ ishlar orqali o‘tayotgan va ilm olishda oldinga siljish yo‘q bo‘lsa, u holda turmush tarzingizni o‘zgartiring. Islomiy ta’limotlar shunday yo‘l tutish kerakligini taqozo qiladi. Nima bo‘lganda ham, Alloh ko‘rib turganini, umr qisqa ekanini va har lahza hamda har bir hakatimiz uchun javob berishimizni unutmang. Alloh yanada biluvchiroq.
Ustoz Mubashshir Ahmad
Manba: Azon.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar