07:00 / 25.01.2023
385

Samarqandda 23 yoshli qiz erkakni shantaj qilib, undan 20 ming dollar undirmoqchi bo‘ldi

Samarqandda 23 yoshli qiz erkakni shantaj qilib, undan 20 ming dollar undirmoqchi bo‘ldi
Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida raqqosa qiz o‘zi bilan yaqin munosabatda bo‘lgan fuqarodan tovlamachilik bilan 20 ming dollar talab qilib, 10 ming dollar olayotganda ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Past Darg‘om tumanida yashovchi 30 yoshli erkak 23 yoshli raqqosa qiz bilan tanishib qolgan va ular yaqin munosabatda bo‘lishgan.

Biroz o‘tib, o‘zaro munosabat buzilgach qiz erkakdan tovlamachilik yo‘li bilan 250 mln so‘m olgan va yana 20 ming dollar berishni talab qilgan.

2023 yil 11 yanvar kuni viloyat IIB uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan tadbirda qiz jabrlanuvchidan talab qilingan puldan 10 ming dollarini olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, hujjatlar Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limiga topshirilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 23 yoshli qiz erkakni shantaj qilib, undan 20 ming dollar undirmoqchi bo‘ldi