date
views 223

Tadbirkorlik subyekti foydasiga 550 mln. so‘mlik qarzdorlik undirildi

Tadbirkorlik subyekti foydasiga 550 mln. so‘mlik qarzdorlik undirildi
Byuro organlari tamonidan tadbirkorlar foydasiga o‘ndiruv bilan bog‘liq sud hujjatlari va boshqa organlar ijro hujjatlari ijrosi ta’minlanib, tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Byuroning Taxtako‘pir tuman bo‘limi ish yurituvidagi Chimboy tumanlararo iqtisodiy sudining 29.04.2022 yildagi ijro hujjatiga ko‘ra qarzdor Taxtako‘pir tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasidan o‘ndiruvchi “ASL GRAND OIL" mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 549 mln. 701,8 ming so‘m undirish belgilangan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, qarzdor Taxtako‘pir tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining xizmat avtomashinalari va bankdagi hisob raqami inkasso topshiriqnomasi orqali xatlovga olingan hamda belgilangan qarzdorlik to‘lig‘i bilan undirilgan.

Ijro hujjati esa, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorlik subyekti foydasiga 550 mln. so‘mlik qarzdorlik undirildi
-->