
Majburiy ijro byurosining O‘rtachirchiq tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchik tumanlararo sudining 14.08.2018 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor D.Mirsidikovdan, undiruvchi Z.Mirsidikova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun 4/1 qismi miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor D.Mirsidikov aliment qarzdorlikni bartaraf qilishi to‘g‘risida bir necha bor rasman ogohlantirilishiga qaramasdan 13 oy davomida 12.000.000 so‘m miqdordagi aliment qarzlarini to‘lamasdan kelgan.
Shu sababli bo‘lim davlat ijrosi tomonidan qarzdor D.Mirsidikovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47prim 4-moddasi tartibida ma’muriy ish rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini hal qilish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tuman sudiga taqdim qilish jarayonida qarzdor D.Mirsidikov javobgarlikni his qilgan holda bolasi 18 yoshga to‘lguniga qadar jami 19.000.000 so‘m aliment pullarini to‘liq to‘lashi natijasida mazkur ijro hujjati amalda tamomlangan.
O‘rtachirchiq TumaniFuqarolik IshlariAliment UndirishDavlat IjrochisiO‘zbekiston RespublikasiJinoyat Ishlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar