
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Prezident qarori bilan:
- Oleg Pekos raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;
- Jamol Maxsudov raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Rustam Karimjonov raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga (avval — xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari edi);
Shuningdek:
- Shuxrat Kadirov Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori lavozimiga;
- A’zam Abdullayev Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Doniyor Rustamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan;
Jamshid Egamberdiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Raqamli TexnologiyalarTayinlovlarO‘zbekiston RespublikasiPrezident QaroriAxborotlashtirish va TelekommunikatsiyalarKosmik Tadqiqotlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar