
Davlatimizda olib borilayotgan soliq siyosati barqaror iqtisodiy o‘sish suratlarini ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiyalash orqali mamlakatning gullab yashnashi va aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirishda eng muhim omillardan biri bo‘lib qolmoqda.
Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha davlat budjetiga soliq qarzdorligini amalda undirish yuzasidan soliq organlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yil boshidan 8 mlrd. soliq qarzdorligi amalda undirilishi ta’minlandi.
Hozirga qadar 69 mlrd. so‘mlik ijro ishlarining 10 mlrd. so‘mlik 652 tasining ijrosi ta’minlandi. Misol uchun, Qiziltepa tumanidagi “SAFAR OBOD” fermer xo‘jaligidan 485,9 mln. so‘m soliq qarzi undirildi.
Shu kabi, majburiy ijro harakatlari davomida “AXTAM BOBO” fermer xo‘jaligidan 233,7 mln. so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlar amalda undirilishi ta’minlandi.
Bunday nazorat tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing