18:48 / 31.01.2023
202

Mashinasi xatlangach, 20 million so‘m aliment qarzini to‘lab qo‘ydi

Mashinasi xatlangach, 20 million so‘m aliment qarzini to‘lab qo‘ydi
Majburiy ijro byurosining O‘rtachirchiq tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchik tumanlararo sudining 20.08.2021 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor U.Yaxshiboyevdan, undiruvchi X.Burxonova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun 2/1 qismi miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor U.Yaxshiboyev alimentdan qarzdorlikni bartaraf qilishi to‘g‘risida bir necha bor rasman ogohlantirilishiga qaramasdan 11 oy davomida 20.750.000 so‘m miqdordagi aliment qarzlarini to‘lamasdan kelgan.

Aliment qarzdorligini undirish maqsadida davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor U.Yaxshiboyevga tegishli “Matiz” rusumli davlat raqami belgisi 10 K 504 PA bo‘lgan avtotransport vositasi borligi aniqlangan.

Ushbu avtotransport vositasini auksion orqali sotish va sotuvdan tushgan pul mablag‘ini aliment qarzdorligiga qaratish maqsadida xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgandan so‘ng, qarzdor U.Yaxshiboyevdan jami 20.750.000 so‘m aliment pullari to‘liq undirilishi taminlandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat