21:48 / 31.01.2023
244

Prezident: Endi mablag‘lar avtobusning yurgan masofasi va odamlar roziligiga qarab ajratiladi

Prezident: Endi mablag‘lar avtobusning yurgan masofasi va odamlar roziligiga qarab ajratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Toshkent shahri va viloyat markazlarida jamoat transportining yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Unda sohada muammolar to‘planib qolgani, ularni hal etish uchun transport boshqarmalari va avtobus parklarida hozirgi ish tizimini o‘zgartirish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, Prezident sohada moliyalashtirish, avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish, avtoparkni yangilash va infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilish chora-tadbirlarini belgilab berdi.

Unga ko‘ra, endilikda mablag‘ avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab beriladi.

Ya’ni, xizmat sifatiga – avtobusdagi qulayliklar va sanitar holat, kech qolmasdan bekatga yetib kelishiga qarab baho beradigan tizim bo‘ladi.

Bunda, tashuvchi tadbirkor har 1 kilometr uchun 10 foiz rentabellik bilan kafolatli to‘lovni oladi. Shu paytgacha bo‘lgan kunlik tushum «plani»ni belgilash amaliyoti bekor qilinadi.

«Bundan tashqari, aholiga qulay yo‘l haqi tariflarini (yillik, choraklik, oylik, kunlik, soatlik) joriy qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda», – deyiladi Prezident Matbuot xizmati xabarida.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat