date
views 219

Shavkat Mirziyoyev Bo‘ston tumanida ish o‘rinlarini ko‘paytirish kerakligini aytdi

Shavkat Mirziyoyev Bo‘ston tumanida ish o‘rinlarini ko‘paytirish kerakligini aytdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi Bo‘ston tumanidan boshlandi. Bu yerda yaqinda “Sayyora favvorasi” MCHJ tomonidan to‘qimachilik korxonasi ishga tushirilgan edi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, umumiy qiymati 113 milliard so‘mlik ushbu loyiha doirasida bino qurilib, Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan. Erkaklar, ayollar va bolalar uchun 50 turdan ortiq, yiliga 1 million 200 ming dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Mingga yaqin mahalliy aholi ish bilan ta’minlangan.

Korxonaning Elegance SM brendi ostidagi mahsulotlarning asosiy qismi eksportga yo‘naltirilgan. Yillik eksport hajmi 4 million dollar bo‘lishi mo‘ljallangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bu korxonaga zamin yaratayotganimizda bugungiday bo‘lib ketishiga ko‘pchilik ishonmagandi. Bo‘ston iqtisodiy jihatdan orqada qolgan tumanlardan edi. Mana shunday korxonalar ochilib, odamlarimiz daromad topayotgani quvonarli. Buni davom ettirib, ish o‘rinlarini ko‘paytirishimiz kerak”, — dedi davlat rahbari.

Shu yerning o‘zida kasb-hunarga qayta tayyorlash o‘quv markazi tashkil etilgan. Unda hududdagi ishsiz fuqarolar hunar o‘rganadi. Jumladan, yaqinda 200 nafar ehtiyojmand xotin-qiz kasbga o‘qitilib, ishga olingan.

Prezident ular bilan suhbatda ayolning bilimli, hunarli bo‘lishi oilaning katta yutug‘i ekanini ta’kidladi. Korxonaga muvaffaqiyat, ayollarga oilaviy farovonlik tiladi”, — deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Bo‘ston tumanida ish o‘rinlarini ko‘paytirish kerakligini aytdi