
Toshkent 2023 yilda ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi. Bu haqda 1 fevral kuni Toshkent shahar kengashining tegishli qarori imzolangan.
Unda qayd etilishicha, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunning poytaxtdagi ijrosi, Shavkat Mirziyoyevning 2022 yilning dekabrida Uchtepa tumaniga tashrifi davomida o‘tkazilgan taqdimoti jarayonida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Toshkent shahrini ishsizlikdan xoli hududga aylantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama etildi.
Toshkent shahar kengashining tegishli qaroriga ko‘ra, tuman hokimlari, sektor rahbarlari, Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, Yoshlar agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, hokim yordamchilari bilan hamkorlikda tumanda ishga tushgan investitsiya loyihalari asosida yaratilgan yangi ish o‘rinlari va korxona, tashkilotlarni kengaytirish hisobiga yaratilgan bo‘sh ish o‘rinlariga ishchi guruh tomonidan aniqlangan band bo‘lmagan aholini joylashtirish vazifasi topshiriladi.
Poytaxt hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Bandlik bosh boshqarmasi, Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, OTMlar rektorlari, tuman hokimlari 2023 yilda bitiruvchilar ro‘yxatini shakllantirib, bandligiga ko‘maklashish va egallagan kasblari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirishni amalga oshiradi.
2023 yilning har choragida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari o‘tkaziladi.
ToshkentIshsizlikdan XoliAholi BandligiInvestitsiya LoyihalariYoshlar SiyosatiMehnat Yarmarkalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar