date
views 233

Ishchi-xodimlarning ish haqlari undirildi

Ishchi-xodimlarning ish haqlari undirildi
Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ish haqini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlarini ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, ayniqsa fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, byuroning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan joriy yilning yanvar oyida sudlarning ish haqlarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari ijrosi yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida 230 mln. so‘mdan ortiq ish haqlari undirilib, 30 nafar ishchi-xodimlarning huquqlari tiklanishiga erishildi.

Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining A.Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘idan 8 nafar ishchi-xodimlarning foydasiga 40 mln. so‘mlik ish haqlarini undirish haqidagi ijro hujjati yuzasidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, ish haqlari to‘liq undirilishi ta’minlandi.

Xuddi shunday, fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining “BEREJLIVOST” MCHJdan Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro A.A. foydasiga 3,9 mln. so‘m ish haqlarini undirish haqidagi ijro hujjatlari yuzasidan ham olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida ish haqlari to‘liq undirilishi ta’minlandi.

Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ish haqlarini undirish hamda fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ishchi-xodimlarning ish haqlari undirildi