
Nukus voqealaridagi ishtiroki uchun joriy yil 31 yanvar kuni Buxoro viloyati sudi binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Ye. Abibullayev tomonidan 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan sobiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i Polat Shamshetovning yurak xurujidan vafot etgani aytilmoqda.
Shamshetov 45 yoshda bo‘lib, o‘tgan yilning iyul oyidan buyon yuqoridagi ayblar bilan hibsxonada saqlanib kelayotgan edi.
«Markaziy Osiyo uyushmasi» inson huquqlari bo‘yicha jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Gulnoz Mamarasulova ham ushbu xabarni tasdiqlagan.
Uning yozishicha, komissiyaga o‘limning asl sababini o‘rganish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni taklif qildi. «Komissiya mazkur ishni dushanba kuni Buxoroda boshlaydi, deya qo‘shimcha qildi u», – deydi u.
Ma’lumot uchun, Qoraqalpog‘iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limining sobiq boshlig‘i Polat Shamshetov Qoraqalpog‘istonning birinchi va yagona prezidenti Dauletbay Shamshetovning o‘g‘li hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar