17:27 / 06.02.2023
167

Fuqaroga to‘lanmay kelayotgan 146 mln. so‘m zarar puli undirildi

Fuqaroga to‘lanmay kelayotgan 146 mln. so‘m zarar puli undirildi
Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ijro hujjatlarini ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, ayniqsa fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, byuroning Qiziltepa tuman bo‘limi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziltepa tuman sudining 19.10.2022 yildagi tumandagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonadan jabrlanuvchi M.Murodov foydasiga 146 mln. so‘m zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatiga asosan olib borilgan ijro harakatlari davomida jabrlanuvchiga to‘lanmay kelayotgan 146 mln. so‘m zarar puli to‘liq undirilishi ta’minlandi.

Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat