
Majburiy ijro byurosining Mirobod tuman bo‘limi ish yurituviga Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining 16.01.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor N.Usmonovadan undiruvchi S.Ismoilxo‘jayev foydasiga jami 14 mln. 55 ming so‘m yo‘l transport hodisasi oqibatida transport vositasiga yetkazilgan moddiy zarar summalarini undirib berish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Byuroning tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Repsublikasi "Sud hujjatlari va boshqar organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Qarzdor fuqaro tomonidan yo‘l ulov hodisasi oqibatida kelib chiqqan moddiy zarar summalari o‘z vaqtida qoplanmaganidan so‘ng majburiy ijro harakatlariga kirishilib, 01.02.2023 yil kuni undiruvchi fuqaro foydasiga transport vositasiga yetkazilgan 14 mln. so‘m miqdoridagi moddiy zarar undirib berildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar