
Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 05.12.2022 yildagi ijro varaqasi asosan qarzdor "R.T.TT." xususiy korxonasidan undiruvchi "UNIVERSAL PRAVAT SERVIS" mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 1 mlrd. 647 mln. so‘mlik qarzdorlikni undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgandan so‘ng qo‘zg‘atish qarori tomonlarga yuborilib, qarzdor korxonaga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.
Tadbirkor foydasiga qarzdorlik ixtiyoriy muddatda to‘lab berilmaganidan so‘ng qarzdor korxonananing mol-mulk va bank hisob-raqamlariga band solinib, inkasso topshiriqnomalari qo‘yilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida tadbirkor foydasiga 1,6 mlrd. so‘m qarz summalari to‘liq undirib berilgan.
Majburiy IjroToshkent TumanlararoIqtisodiy SudQarzdor KorxonaTadbirkor FoydasigaUndirish Jarayoni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar