23:39 / 14.02.2023
253

Farg‘onaning Oltiariq tumanida Nexia kanalga tushib ketdi

Farg‘onaning Oltiariq tumanida Nexia kanalga tushib ketdi
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida 13 fevral kuni Nexia kanalga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, boshqarmaning 1050 qisqa raqamiga Nexia rusumli avtomobil haydovchisi ehtiyotsizlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, “Poloson” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Baziquvur kanaliga tushib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, Farg‘ona viloyati FVB maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil suvdan chiqarib olingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat