16:32 / 15.02.2023
567

Surxondaryoda yoqilg‘idan katta miqdorda «soqqa» qilgan rahbar qo‘lga tushdi

Surxondaryoda yoqilg‘idan katta miqdorda «soqqa» qilgan rahbar qo‘lga tushdi
Foto: Prokuratura departamenti
Surxondaryo viloyatida dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilgan filial rahbari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «T.n.» MCHJ «Boldir» filiali rahbari Sh.H. 2022 yilning aprel-avgust oylarida «I.A.» MCHJga umumiy bahosi 770,5 mln so‘mlik 66,5 ming litr dizel yoqilg‘isini yetkazib berilganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, o‘ziga ishonib topshirilgan juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat