18:20 / 16.02.2023
196

Aliment pulini qidiruvdagi otaning qarindoshlari to‘ladi

Aliment pulini qidiruvdagi otaning qarindoshlari to‘ladi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 27.04.2022 yildagi qarzdor R.G.dan undiruvchi L.P.na foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minoti uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlaridan 1/4 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 28.04.2022 yilda Byuroning Shirin shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida, qarzdor R.G.ni yashash manzilidan topishni imkoni bo‘lmaganligi hamda uning hozirda qarzdor R.G, Shirin shahar M.Ulugbek MFY X.Do‘stligi ko‘chasidagi xonadan mahalla raisi, mahalla faollari va holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ushbu manzilda yashamasligi aniqlanib, unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan tezkor profilaktika suxbat natijasida, qidiruvdagi qarzdor R.G.ni Rossiya Federatsiyasida ishlayotganligi aniqlanib, yaqin ishonchli vakillari tomonidan 11 mln so‘m aliment qarzdorliklari to‘lab berildi hamda unga nisbatan yuritilgan qidiruv tadbirlari tugatildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat