
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati
Toshkent shahrida AQSH bilan hamkorlikda qo‘shma universitet tashkil etilishi mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Sintana Education Company kompaniyasining mintaqaviy ijrochi direktori Chari Bagchiogluni qabul qildi. Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda AQSH bilan hamkorlikda qo‘shma universitet tashkil etish loyihasini muhokama qildi.
Ushbu loyihaga muvofiq, AQSHda innovatsiyalar yo‘nalishida birinchi raqamli Arizona davlat universiteti bilan hamkorlik o‘rnatish va o‘zaro hamkorlikda o‘quv hamda tadqiqot dasturlarini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.
Toshkent ShahridaAQSH BilanQo‘shma UniversitetOliy Ta’limInnovatsiyalar VazirligiIbrohim AbdurahmonovArizona Davlat Universiteti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar