16:43 / 19.02.2023
441

Onamni onangdek ko‘ra olsang...

Onamni onangdek ko‘ra olsang...
Ayolim, azizam, juftim, halolim,
Sendan o‘zga dildor ko‘nglim ololmas.
Faqat rozi bo‘lsin desang sultonim,
Onamni onangdek ko‘ra olsang bas.

Ko‘p g‘amni ko‘rgan u, g‘amlardan asra,
Dunyoda onadek g‘amxo‘r topilmas.
Menimas, onamning ko‘ngliga qara,
Uni o‘z onangdek ko‘ra olsang bas.

Besh kunligi bormi, yo‘qmi bilmadim,
Erta ne bo‘lishin hech kimsa bilmas.
Onamga qiz qilib seni tanladim,
Sen uni onangdek ko‘ra olsang bas.

Borim bor, yo‘g‘im bor, hushyor bo‘l gulim,
Onam andishali, hech ne so‘ramas.
Xabar ol holidan jonim, betinim.
Onamning ko‘nglini ola bilsang bas.

Kulib yur, tilingdan tomib tursin bol,
Onani xo‘rlagan aslo ko‘karmas.
Azizam, so‘zlarim qulog‘ingga ol,
Onamni hech qachon ranjitmasang bas!

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat