152
Maktablarda 100 mingta to‘garak tashkil etiladi, bunga budjetdan 79,5 mlrd so‘m sarflanadi
![Maktablarda 100 mingta to‘garak tashkil etiladi, bunga budjetdan 79,5 mlrd so‘m sarflanadi](/uploads/posts/2023-02/o14kh0hcfwfrnyaruyzsi8jw2dwcvcwn.jpg)
Foto: edu.uz
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, AT injiniring, tarjimonlik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etishga ustuvorlik berilmoqda.
Prezidentning 2022 yil 28 yanvardagi «2022—2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish, ta’lim muassasalarida bepul to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur topshiriqlar belgilangan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, vazirlik tomonidan o‘quvchilarda kasb-hunar ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida umumta’lim muassasalarida 100 mingta to‘garak tashkil etish bo‘yicha zarur ishlar boshlangan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu maqsadlar uchun davlat budjetidan 79,5 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lib, to‘garaklar yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.
Bunda o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, AT injiniring, tarjimonlik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etishga ustuvorlik berilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar